Rossiyalik telejurnalist Kseniya Sobchak 2018-yilgi prezident saylovida ishtirok etish niyatini tasdiqladi. Uning 18-oktabr kuni yozilgan maktubini “Vedomosti” gazetasi chop etdi, deb xabar qiladi Meduza.
“Bunday vazifaning barcha tahdidlari va murakkabliklarini tushungan holda, prezident saylovidagi ishtiroki darhaqiqat mamlakatimizda zarur o‘zgarishlar yo‘lidagi qadam bo‘ladi degan qarorga keldim”, — deyiladi murojaatda.
Sobchakning so‘zlariga qaraganda, saylovda u hammaga qarshi nomzod sifatida qatnashmoqda.
“Ko‘p yillardan buyon ro‘yxatda faqat Zyuganov, Yavlinskiy, Putin va ularning qiyofasiz dublyor va o‘rinbosarlari ekanligidan norozimisiz? O‘z faol nuqtai nazaringizni ko‘rsatmoqchimisiz? Nomzodingiz yo‘qmi? Unda Sobchakka ovoz bering. Siz uni prezidentlikka saylamaysiz. Siz shunchaki ‘Bo‘ld! Jonga tegdinglar!’ deyishning qonuniy imkoniyatiga ega bo‘lasiz”, — tushuntirdi u.
Izoh (0)