AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klinton Rossiyaning 2016-yildagi prezidentlik sayloviga aralashuvini 2001-yil 11-sentabrda ro‘y bergan terrorchilik hujumi bilan tenglashtirish mumkinligini bildirdi. Bu haqda BuzzFeed xabar bermoqda.
“Xavfsizlik va razvedka sohasidagi o‘ta nufuzli faxriylarimiz davlat tuzilmalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum uyushtirilgani uchun bu aralashuvni ‘kibernetik 11-sentabr’ deb atadi. Balki bu mubolag‘a bo‘lib ko‘rinar, biroq biz ruslar saylov tizimlarimizni o‘rgangani va unga kirishga uringanini bilamiz. Ijtimoiy tarmoqlardagi targ‘ibot kampaniyalarining bir qismi bo‘lgan, xolos”, — dedi Klinton.
Klintonga ko‘ra, “Rossiyaning tahdidi shu bilan tugagani yo‘q, bu doimiy xavf”. Prezident Putin esa G‘arb demokratiyalarnni beqarorlashtirishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan.
Izoh (0)