Misrda 10 funtlik kupyurada noma’lum qizning qaydnomasi topildi. Bu haqda Al Arabiya xabar bermoqda.
Taxmin qilinishicha, qiz o‘g‘irlab ketilgan bo‘lishi mumkin.
10 funtlik kupyuraga arab tilida yozib qoldirilgan qaydnoma Facebook’da muhokamalarga sabab bo‘ldi.
“Meni o‘g‘irlab ketishdi va kvartirada saqlashmoqda. Mening ismim Jeyna Shouket”, — deyiladi qaydnomada. Shundan so‘ng manzil ko‘rsatilgan.
Politsiya kupyurada ko‘rsatilgan manzilni tekshirgan, biroq hech qanday shubhali holat ko‘zga tashlanmagan. Mazkur manzilda yurist ayol va uning o‘g‘li yashaydi.
Izoh (0)