Sankt-Peterburgdagi Parlamentlararo ittifoq assambleyasi davomida Janubiy Koreya delegatining KXDR delegatsiyasi a’zolari bilan bir lahzali uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Men ular bilan salomlashish uchun yaqinlashdim”, — dedi Janubiy Koreya delegati jurnalistlarning KXDR delegatsiyasi a’zolari bilan muloqotda bo‘lgan yoki yo‘qligi haqidagi savollariga javoban.
Delegatning aytishicha, bunga javoban unga jilmayishgan.
O‘z navbatida, KXDR vakillaridan biri jurnalistlarga Janubiy Koreya delegatsiyasi a’zosi ularga “tanishish uchun yaqinlashgani”ni bildirdi.
Izoh (0)