Afg‘onistonning Paktiya viloyati ma’muriy markazi Gardez shahri politsiya boshqarmasiga hujum uyushtirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tolo News manbalariga ko‘ra, boshqarma yaqinida terrorchi-xudkushlar boshqargan ikki minalashtirilgan mashina portlatildi. Shundan so‘ng jangarilar binoni ishg‘ol qilishga urindi va jang boshlandi.
Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.
Izoh (0)