Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya hukumatining prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish haqidagi qarori loyihasi qonun loyihalarni muhokama qilish jamoatchilik saytiga joylandi, deb yozadi “Vedomosti”. Unda saylovni o‘tkazishga tayyorgarlik uchun javobgar bo‘lgan sohalar taqsimlangan.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Masalan, moliya vazirligiga Markaziy saylov komissiyasiga budjetdan saylovlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larni yo‘naltirish topshirilgan. Markaziy bank va “Sberbank”ka saylov komissiyalari va nomzodlar uchun hisob varaqalari ochishga tayyorlanish tavsiya etilgan.

Saylovchilar ro‘yxatlarini mudofaa vazirligi, ichki ishlar vazirligi, favqulodda vaziyatlar vazirligi, tashqi ishlar vazirligi kabi 13 ta muassasa aniqlashtiradi. Byulletenlarning olis tumanlarga yetkazilishi uchun ham ular javobgar bo‘ladi.

IIV va “Rosgvardiya”ga ovoz berish binolariga statsionar metall detektorlar va “obyektiv nazorat uchun texnik vositalar” o‘rnatish, jamoatchilik tartibini saqlash yuklatildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Fevralda O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarildi?
Mahalliy
“Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” bosh hisobchi o‘rinbosari 15 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Sport
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston terma jamoasi Shomurodovning goli evaziga Boliviyani mag‘lub etdi