Turkiya janubi-sharqidagi Hakkari viloyatida Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) a’zolari tomonidan o‘rnatilgan qo‘lbola bomba portlashi oqibatida ikki harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, hodisa Chukurja tumanida yuz bergan. Hozirgi vaqtda portlovchi uskunani o‘rnatgan kurd isyonchilarini zararsizlantirish bo‘yicha operatsiya boshlangani aytilmoqda.
Bu so‘nggi vaqtlarda turk harbiylariga qarshi uyushtirilgan ilk hujum emas. 4-oktabr kuni Yuksekova shahri yaqinida harbiy karvonning portlatilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)