Somali poytaxti Mogadishoda yuz bergan portlash oqibatida 300 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda tez tibbiy yordam xizmati boshlig‘i Abduqodir Abdurahmonning so‘zlariga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Biz portlash oqibatida 300 kishi halok bo‘lganini tasdiqlaymiz. Qurbonlar soni yana o‘sishi mumkin, sababi bedarak yo‘qolganlar soni ham o‘sib bormoqda”, — dedi u.
Avvalroq, portlash oqibatida 276 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)