Istanbulda IShIDning 39 nafar a’zosi qo‘lga olindi. Bu haqda shahar politsiyasi tomonidan 16-oktabr, dushanba kuni tarqatilgan xabarda bildirilgan, deya ma’lum qiladi Trend.
“IShID a’zolariga qarshi operatsiyalar 8 manzil bo‘yicha o‘tkazildi. Qo‘lga olinganlarning 32 nafari chet ellik, 8 nafari ayollardir. Xorijliklarning barchasi Turkiyadan badarg‘a qilinadi”, — deyiladi politsiya xabarida.
Chet elliklar qaysi davlatlar fuqarolari ekanligi ma’lum qilinmadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)