Vyetnamda yuz bergan toshqinlar tufayli 68 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Mamlakat tabiiy ofatlarning oldini olish agentligiga ko‘ra, yana 34 kishi bedarak yo‘qoldi, 32 kishi jarohat oldi. Infrastrukturaga shikast yetdi, 230 mingdan ortiq mol nobud bo‘ldi.
Tabiiy ofatga Vyetnamga yopirilgan va shiddatli yomg‘irlarni keltirib chiqargan “Xanun” dovuli sabab bo‘ldi.
Dovuldan eng ko‘p shimoliy Xoa Bin provinsiyasi jabr ko‘rdi, bu yerda 20 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)