Suriya armiyasi Rossiya havo-kosmik kuchlari ko‘magida Mayadin shahrini IShID jangarilaridan ozod qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Oxirgi haftada Mayadinga IShIDning Iroqdagi eng jangovar zaxira kuchlari safarbar etilgandi. Shaharda terrorchilar tor-mor etilgani Suriya qo‘shinlarining taktik yutuqlari operativ muvaffaqiyatlarga aylanishiga asos yaratdi”, — dedi Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov.
Mayadinni ozod qilish bo‘yicha operatsiyaga Suriya armiyasi generali Hasan Suxel boshchilik qilgani bildirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)