Somali poytaxti Mogadishoda ro‘y bergan ikki portlash oqibatida 85 kishi halok bo‘ldi, 100 kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy politsiya vakili Muhammad Husayn ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Politsiyaga ko‘ra, shahar markazida, hukumat binolari, restoranlar va kiosklar joylashgan chorrahadagi mehmonxona yaqinida yuk mashinasi portladi. Bir necha bino vayron bo‘ldi, o‘nlab transport vositasi yonib ketdi.
Biroz vaqtdan so‘ng Madina hududida ham portlash sodir bo‘ldi.
Hozircha hech kim terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi, biroq hujum ortida “ash-Shabob” guruhi turganligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)