Xitoyning yetakchi kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya “Angren” erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi, deb xabar beradi UzDaily.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad loyihalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, “Angren” erkin iqtisodiy zonasi infratuzilmasi va hududning xomashyo bazasi bilan tanishishdan iborat.
Tashrif chog‘ida mehmonlarga hududning biznes yuritish uchun yaratilgan investitsion salohiyati va erkin iqtisodiy zona infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni aks ettiruvchi taqdimot o‘tkazildi.
Izoh (0)