Toshkent viloyati Angren shahridagi “Kimyogarlar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qo‘p qavatli 54 xonadonli ikkita uy-joy foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Orzumizdagi uyga bunchalik tez ega bo‘lamiz deb o‘ylamagandik. ‘Kimyogarlar’ mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 9 qavatli uydagi xonadonlardan biriga ko‘chib o‘tdik. Qo‘shnilarimizning aksariyati o‘zimiz kabi yosh oilalar ekan. Bu ham bizga qulay. Uy ish joyimizga ham, farzandimiz boradigan bog‘chaga ham yaqin ekani bizni yanada quvontirdi”, — deydi yangi xonadon sohibi Farrux Abdullayev.
2018-yilgi dastur asosida hududda yana beshta 9 qavatli uy rekonstruksiya qilinib, yosh oilalar, uy-joyga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti asosida toshirilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)