Birlashgan Arab Amirliklari yo‘llar va transport vazirligi Dubay amirligi aholisi uchun yangi xizmat turi — uyga avtobus buyurtirish imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda, deb yozadi UAE Inside.
Xizmat tig‘iz bo‘lmagan vaqtlarda, avtobus bekatlaridan uzoqda yashovchi odamlar qulaylik bilan safar qilishi uchun ishga tushiriladi.
Onlayn-buyurtma texnologiyasi Germaniyaning MVMANT firmasi tomonidan ishlab chiqildi. Dastlab kompaniya Al Barsha va Al Varka tumanlarida bir nechta mikro-avtobus va katta avtobuslarni ishga tushirmoqchi.
Izoh (0)