Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ommaviy axborot vositalari uchun brifingda MDH davlatlari rahbarlari kengashi majlisi doirasidagi muzokaralar va ularning yakunlari haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.
Nazarboyevga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi davomida hamkorlikdagi loyiha — “Bayterek” raketa kompleksi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
“Ikkinchi masala — O‘zbekiston iltimosiga ko‘ra Qozog‘iston orqali ularning neftni qayta ishlash zavodi uchun neft yetkazib berishimiz lozim. Biz o‘zbek do‘stlarimizni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, — ta’kidladi Nazarboyev.
Qozog‘iston prezidenti muzokaralarda transport masalalari, xususan, “G‘arbiy Yevropa — G‘arbiy Xitoy” avtoyo‘li qurilishining borishi, Qozog‘iston orqali Yevropa va Osiyoni birlashtiradigan qit’alararo mediamagistral o‘tkazilishi muhokama etilganini bildirdi.
Izoh (0)