Shvetsiyaning Uppsal universiteti arxeologi Annika Larsson va uning hamkasblari ba’zi vikinglar IX—X asrlarda islom dinini qabul qilgani haqidagi taxminni ilgari surdi, deb yozadi “Mk.ru”.
Ularning bunday fikrga kelishiga avvalroq aniqlangan ipak mato bo‘lagi sababchi bo‘ldi, unga Ollohning ismi va Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning kuyovi Ali ibn Abu Tolibning ismi kashta qilib tikilgan. Olimlar fikricha, agar vikinglar orasida musulmonlar bo‘lgan bo‘lsa, bu o‘sha vaqtlarda Skandinaviyada ipakning ommalashgani sababini ham tushuntirib bera oladi.
Ipak mato vikinglar mozorlaridan birini tadqiq qilish chog‘ida topilgan. Topilma qabr islomga sig‘ingan vikingga tegishli ekanligini anglatadi, deb fikr bildirdi olimlar. Arxeologlar ta’kidlashicha, Qur’onda jannatga tushadiganlarning barchasi ipak kiyim kiyadi, deyilgan.
Matoning o‘zi qadimda Forsiya yoki Markaziy Osiyodan keltirilgan, deb taxmin etilmoqda.
Izoh (0)