28 nafar rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi 2017-yilning to‘qqiz oyi ichida 23,478 milliard dollarga o‘sdi, deb yozadi “Kommersant” Bloomberg Billionaires Index’ga tayanib.
Indeksga ko‘ra, Rossiyaning eng boy odami “Severstal” asosiy aksiyadori Aleksey Mordashovdir. Uning davlati yil boshidan buyon 1,3 milliardga — 18,2 milliard dollargacha ko‘paygan. Ikkinchi o‘rinni “Norilskiy nikel” prezidenti Vladimir Potanin egalladi. Uning boyligi 1,18 milliard dollarga oshib, 17,8 milliard dollarga yetdi. Uchinchi o‘rinda — “Novatek” rahbari Leonid Mixelson, uning kapitali yil boshidan beri 836 million dollarga kamayib, 16,4 milliard dollargacha tushib qoldi.
Keyingi pog‘onalarda NLMK direktorlar kengashi rahbari Vladimir Lisin (boyligi 3,19 milliard dollarga o‘sib, 16,3 milliard dollarga yetgan) va “Renova” kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi raisi Viktor Vekselberg (1,79 milliard dollarga ko‘payib, 16 milliard dollarga yetgan) joylashdi.
Izoh (0)