Rossiya Qirg‘iziston hukumati bilan mamlakat hududiga ikkinchi harbiy bazasini joylashtirish yuzasidan muzokara olib bormoqda. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isoqovning so‘zlariga asoslanib, “Kommersant” xabar bermoqda.
“Ikki davlatning tegishli vazirliklari ishtirokida ushbu masala muhokama qilindi. Qirg‘iziston Respublikasi nafaqat mamlakatda, balki butun mintaqada xavfsizlikni ta’minlash uchun janubda yana bir harbiy bazani joylashtirish kerak, deb hisoblaydi. Biroq ikki tarafdan hal qiluvchi qaror hali qabul qilinmadi”, — deydi bosh vazir.
Isoqovning ma’lum qilishicha, uning rossiyalik hamkasbi Dmitriy Medvedyev bilan o‘zaro muloqotida mazkur masala muhokama qilinmagan.
Qirg‘izistondagi yagona Rossiya harbiy bazasi — Kant 1941-yilda tashkil etilgan.
Izoh (0)