Las-Vegas sherifi Jozef Lombardo 2-oktabr, dushanba kuni musiqa festivalida yuz bergan otishma haqida yangilangan axborotni taqdim etdi, deb yozadi “Kommersant”.
59 kishi halok bo‘lgan, 527 kishi — jabrlangan deb hisoblanilmoqda. Shu bilan birga, Lombardo raqamlar yana o‘sishi mumkinligini aytdi. Avvalroq 58 nafar qurbon va 515 nafar yaradorlar haqida ma’lum qilingan edi.
Otishma uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)