AQSh prezidenti Donald Tramp Davlat kotibi Reks Tillersonga KXDR rasmiylari bilan muzokaralarga behuda vaqt sarflamaslikni maslahat berdi. Bu haqda “RBK” ma’lum qildi.
“Men ajoyib davlat kotibimiz Reks Tillersonga ‘kichik raketa-odam’ bilan muzokaralar olib borishga urinib, vaqtini behuda sarflayotganini aytdim”, — yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
“Reks, kuchlaringni saqla. Biz bajarishimiz lozim bo‘lgan ishni amalga oshiramiz”, — deya dalda berdi Tramp, biroq aynan nimani nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Xitoyga tashrifi davomida Vashington Shimoliy Koreya bilan muzokaralarni boshlashga uringanini ilk bor tan olgandi.
Izoh (0)