Turkiya Yevroittifoq a’zoligiga boshqa muhtoj emas. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Yevroittifoq biz ilk bor tuzilmaga kirish istagini bildirgan 1963-yildan beri Turkiya namoyish etib kelayotgan munosabatni noto‘g‘ri talqin qilganini ko‘rib turibmiz”, — dedi Erdo‘g‘on.
Shu bilan birga, Turkiya prezidenti mamlakat “birinchi bo‘lib jangda mag‘lubiyatni tan oladigan tomon bo‘lmasligi”ligini bildirdi va qaror qabul qilish imkoniyatini Yevroittifoq rahbariyatiga qoldirdi.
Izoh (0)