Madagaskarda avgust oxiridan beri vabodan 21 kishi o‘ldi, kamida 114 kishi kasallikka chalindi. Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) ma’lum qildi, deya xabar berdi “Kommersant”.
Kasallik asosan mamlakat poytaxti Antananarivu va port shaharlarda tarqalmoqda.
Madagaskarda har yili 400 ga yaqin vaboni yuqtirish holati qayd etiladi. Biroq bu yil vabo shahar hududlarini ham qamrab oldi, bu esa uning tarqalish xavfini oshiradi.
BSST mamlakatda sentabr—aprel oylariga to‘g‘ri keladigan epidemiyalar mavsumida vabo tarqalayotganidan xavotir bildirmoqda.
Izoh (0)