Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjen Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligining Kataloniyadagi mustaqillik haqidagi referendum borasida bergan bayonotini “sharmandalarcha bo‘sh” deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avvalroq Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Kataloniyadagi voqealar munosabati bilan Ispaniya birligini saqlab qolishga chaqirgan va mamlakat konstitutsiyasiga rioya qilish muhimligini aytgan edi.
“Buyuk Britaniya TIVning Kataloniya bo‘yicha bayonoti sharmandalarcha bo‘shdir. Ispaniyaning haqiqiy do‘sti ularga bugungi xatti-harakatlari xato ekanligini va zarar yetkazishini aytgan bo‘lardi”, — deb yozdi u Twitter’da.
Izoh (0)