Kataloniya parlamenti bir tomonlama tartibda mustaqillikni e’lon qilish haqida qaror qabul qiladi. Bu haqda jeneralitet (Kataloniya hukumati) raisi o‘rinbosari Oriol Junkeras ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Ha, bunday qarorni haqiqatan ham parlament qabul qiladi”, — dedi u jurnalistlarning tegishli savoliga javob berar ekan.
Kataloniya aholisi 1-oktabr, yakshanba kuni mustaqillik haqidagi referendumda ovoz berdi, uni Ispaniya hukumati tan olmayapti, uning o‘tkazilishini Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi bloklab qo‘ygan.
Izoh (0)