Myanma tashqi ishlar vaziri va mamlakatning amaldagi yetakchisi Aun San Su Chjining portreti siyosatchi o‘qigan Oksford kolleji devoridan olib tashlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Oksford talabalarining The Swan nashriga ko‘ra, Aun San Su Chji portretining olinishi Myanmadagi roxinja musulmonlariga taalluqli vaziyat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, kollej vakillaridan biri siyosatchining surati vaqtincha olib qo‘yilganini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Myanma hukumati BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni mamlakatga, jumladan, rohinja xalqi vakillari yashaydigan Rakxayn shtatiga tashrif buyurishni taklif qilgandi.
Izoh (0)