O‘zbekiston Qozog‘istonga elektr energiya qarzdorligini yopish uchun 130 million dollar to‘ladi. Bu haqda, KEGOC AJ boshqaruvi raisi Baqitjon Qajiyev bayonot berdi, deb xabar qiladi UzDaily.
Qajiyev O‘zbekiston va Qozog‘iston orasida bu borada ayrim tushunmovchiliklar bo‘lganini aytib o‘tdi.
“O‘zbekiston energetika tizimi bilan kelishuv munosabatlarimizni tartibga solganimizdan buyon O‘zbekiston 140 million dollardan ko‘proq qarz bo‘ldi”, — dedi u.
Uning ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda ushbu masalani bartaraf qilish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
KEGOC vakili O‘zbekiston qarzning bir qismini uzganini ma’lum qildi. Bugun O‘zbekistonning qarzdorlik hajmi 11,33 million dollar. Qarzning qolgan qismi 2017-yil oxirigacha to‘lanadi.
Izoh (0)