Toshkent Shimoliy vokzali yaqinida qaytadan qurib bitkazilgan ko‘prik transport vositalari harakati uchun ochildi. “Nuz.uz”ning yozishicha, 28-sentabr oqshomidayoq ko‘prik bo‘ylab avtomobillar harakat qilayotgan edi.
“Haydovchilar avvallari tor ko‘chalar va tirband yo‘llar sabab yarim soatda boradigan manzillariga bugun, 29-sentabr kuni tongda sanoqli daqiqalarda yetib olishga muvaffaq bo‘lishdi”, — deb yozadi “Nuz.uz” nashri.
Avval xabar berilganidek, Mirobod tumanidagi avvaldan mavjud 346 metrlik ko‘prik rekonstruksiya qilindi — unga qo‘shimcha 281 metrlik yo‘l o‘tkazgich ulandi. Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun yo‘laklar bor.
Ko‘prikning 2008-yilda buzib tashlangan bu qismini qayta tiklash haqidagi ko‘rsatma 2017-yil bahorida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan edi.
Izoh (0)