Chexov nomli Moskva badiiy teatri (MXT) 30 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor O‘zbekistonda gastrollar bilan keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Spektakllar Toshkent shahridagi Akademik rus drama teatri sahnasida qo‘yiladi.
29—30-sentabr kunlari Yevgeniy Grishkovets pyesasi asosidagi “Uy” spektakli namoyish etiladi. Uni Sergeya Puskepalis sahnalashtirgan.
1 va 2-oktabr kunlari esa Grishkovetsning yana bir — “Tarozilar” spektakli taqdim etiladi. Unda aktyorlar Igor Zolotovitskiy, Vera Xaribina, Ruslan Bratov, Valeriy Troshin va Sergey Ugryumovni ko‘rish mumkin.
Izoh (0)