25-sentabr kuni “O‘zbekkino” milliy agentligida Italiya elchisi Andrea Bertossi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda shu yilning oktabr oyida Toshkent shahrida “Italiya kinosi kunlari” festivalini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar mazkur tadbirning ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalar, o‘zaro do‘stlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi ahamiyati haqida to‘xtaldi.
Poytaxdagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan mazkur kinofestival uchun nomzod kartinalar hozirda “O‘zbekkino” mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda.
Festival sanasiga keyinroq aniqlik kiritiladi.
Izoh (0)