Belarus poytaxti Minskda 21—24-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan Xalqaro sirk san’ati festivalida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
Festivalda AQSh, Rossiya, Avstraliya, Germaniya, Ukraina, Ruminiya, Misr, Efiopiya, Litva, Latviya, Vengriya, Shimoliy Koreya, Qozog‘iston kabi 16 mamlakatning 100 dan ziyod sirk artistlari qatnashgan.
Sirk dasturida akrobatlar, janglyorlar, gimnastlar, hayvon o‘rgatuvchilar, masxarabozlar o‘zlarining yorqin nomerlarini namoyish etgan. Festivalda O‘zbekiston nomidan Rustam Hametov rahbarligidagi havo gimnastlari qatnashgan.
“Eng yaxshi nomerlar gala-konsertga taklif etildi va g‘oliblar shishadan ishlangan g‘aroyib sirk silindri bilan taqdirlanadi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)