Rossiya, Turkiya va Eron Suriyadagi deeskalatsiya zonalarni birgalikda qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Buning uchun Turkiya Suriyaning Idlib shahri shimolidagi hududda qo‘shinlarini joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu Rossiya vositachiligidagi deeskalatsiya haqidagi kelishuv doirasida amalga oshiriladi.
“Vazifa oson emas. Putin bilan terrorchilarni uzil-kesil yo‘q qilish va tinchlikni tiklash uchun amalga oshiriladigan qo‘shimcha harakatlarni yana muhokama qilamiz”, — ta’kidladi Erdo‘g‘on.
Izoh (0)