Tailandning Pattani provinsiyasidagi Sai Buri tumanida portlagan qo‘lbola bomba oqibatida to‘rt nafar ko‘ngilli reynjer halok bo‘ldi, yana besh nafari jarohat oldi. Portlovchi qurilma yo‘lning ostiga joylashtirilgan bo‘lgan. Bu haqda Sai Buri politsiya bo‘limi rahbarining o‘rinbosariga asoslanib Bangkok Post ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.
To‘qqiz nafar harbiy patrulni olib ketayotgan pikap portlab ketgan. Patrulning besh nafar a’zosi hamda portlash vaqtida mashina yaqinida bo‘lgan ayol jarohat olgan.
Uch nafar reynjerning aholi og‘ir, ular yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan.
Voqea joyida sud-tibbiyot ekspertlari ish olib bormoqda.
Izoh (0)