Rossiyada bombalar o‘rnatilgani haqidagi anonim qo‘ng‘iroqlar tufayli hafta davomida 400 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda mamlakat kuch tizimlaridagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Jami 80 shahardagi mingdan ortiq binoda evakuatsiya o‘tkazildi. Portlash xavfi haqidagi xabarlardan hech biri tasdiqlanmadi.
Anonim qo‘ng‘iroqlar to‘lqini 11-sentabrdan boshlandi. Rossiyadagi o‘nlab shaharlarda joylashgan ma’muriy binolar, o‘quv yurtlari, aeroportlar, vokzallar va savdo markazlarida evakuatsiya amalga oshirildi.
Mintaqalarda shundan so‘ng tahdid haqidagi yolg‘on xabar yuzasidan ishlar qo‘zg‘atildi. FXX ham shunday tekshiruv olib bormoqda.
“RBK” nashri bu masala bo‘yicha surishtiruv o‘tkazib, qo‘ng‘iroqlar Bryusseldan bo‘lganini aniqladi.
Izoh (0)