Four Seasons mehmonxonasida sodir bo‘lgan otishma sabab jinoiy javobgarlikka tortilgan Checheniston sobiq senatori Umar Jabroilovga nisbatan psixiatriya ekspertizasi tayinlandi. Bu haqda “TASS” huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi Meduza.
Jabroilovning advokati Aleksandr Karabanov agentlikka ushbu masala yuzasidan hech qanday izoh bermadi.
Avvalroq, tergov ishi jarayonida sobiq senator otgan qurolni, shuningdek, Jabroilovning qonida giyohvand moddalar va algokol mavjud yoki yo‘qligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, 29-avgust kuni Umar Jabroilov Four Seasons mehmonxonasida otishma uyushtirgan edi.
Izoh (0)