AQSh prezidenti Donald Trampning katta maslahatchilari undan KXDR yetakchisi Kim Chen Inni haqorat qilmasligini iltimos qilgan. Bu haqda Los Angeles Times’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bu kabi bayonot bilan BMT Bosh assambleyasida chiqish qilish keskinlikning ortishiga olib keladi va muzokaralar uchun hech qanday imkon qoldirmaydi, deyilgan Trampga.
Shuningdek, xabar qilinishicha, chiqishdan bir kun oldin Tramp nutqining qoralama nusxasida KXDRni “butunlay yo‘q qilib yuborish” tahdidi va Kim Chen Inni “Raketa odam” deya atagan laqabi bo‘lmagan.
Oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni jinni deb atadi hamda u kelajakda ulkan qiyinchiliklarga duch kelishini ta’kidlab o‘tgani xabar berilgandi.
Izoh (0)