Indoneziyaning Bali orolida joylashgan Agung vulqonining harakati faollashgani sabab odamlarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, vulqon avgust oyining o‘rtalarida faollashgan, shundan so‘ng uning faolligi yana susaygan. Hozirda ushbu vulqon yana qayta “jonlandi”.
Evakuatsiya ishlari 20-sentabr, chorshanba kunidan boshlangan. Indoneziya tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha milliy idorasining vakili (BNPB) Sutopo Purvo Nugroxoning ma’lum qilishicha, hozirga qadar mingdan ortiq odam xavfsiz joyga ko‘chirilgan.
Bali gubernatori Made Manku Pastika vulqon otilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday holatlarga tayyor turish lozimligini aytdi. “Biz Bali aholisiga va butun dunyoga eng yomon holatga ham tayyor ekanligimizni aytishimiz mumkin, ammo bu yuz bermaydi degan umiddamiz”, — dedi gubernator.
Izoh (0)