Tergovchilar Sankt-Peterburgda yong‘in tufayli ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan o‘zini ikki bolasi bilan tashlagan 36 yoshli ayol bilan bog‘liq hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining shahar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Ular kasalxonaga yetkazildi, bu yerda ayol oradan biroz vaqt o‘tib, olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etdi. Marhumaning 2001 va 2003-yillarda tug‘ilgan bolalari og‘ir holatda, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga kvartirada o‘rnatilgan saunadagi alangalanish sabab bo‘ldi.
Ma’muriy yoki jinoiy ish qo‘zg‘ash haqidagi qaror tergovgacha bo‘lgan tekshiruv natijalaridan kelib chiqib qabul qilinadi.
Izoh (0)