KXDR hukumati Joxor sultonligi (Malayziyadagi shu nomli shtat) valiahd shahzodasi Ismoil Ibrohimga mamlakat havo hududidan foydalanish bo‘yicha faxriy huquqni taqdim etdi, deb yozadi “TASS”. Bunday imtiyoz shahzodaga KXDRning Malayziyadagi vaqtinchalik vakili bilan uchrashuvda berildi.
Suhbat yakunlariga ko‘ra tarqatilgan bayonotda aytilishicha, “valiahd shahzodaga KXDR havo hududidan foydalanish, shuningdek, Xitoy poytaxtiga to‘xtamasdan, Pxenyanga istalgan vaqtda sayohat qilish imtiyozi taqdim etildi”.
“Bu alohida sharaf, chunki boshqa dunyo yetakchilari KXDRga safar oldidan albatta Pekinga to‘xtashi kerak”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)