Boliviya prezidenti Evo Morales AQSh prezidenti Donald Trampni BMTdagi chiqishidan so‘ng ikkiyuzlamachilikda aybladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Tramp o‘zini butun dunyodagi mamlakatlar egasidek his qilmoqda. U bir vaqtning o‘zida suverenitet haqida gapirib, uni harbiy baza hamda harbiy harakatlar bilan bog‘lamoqda. Bu ikkiyuzlamachilik”, — deb yozadi Morales o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
“Tramp bir tomondan Venesuelada muloqotga chorlasa, ikkinchi tomondan hukumat aralashuv qurolini tayyorlamoqda. Davlat to‘ntarishi amalga oshmaydi”, — deydi Boliviya prezidenti.
Izoh (0)