Britaniya politsiyasi London metrosidagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinayotgan uchinchi shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Skotland-Yard ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Uchinchi hibs amalga oshirildi. Gumonlanuvchi 19-sentabr, seshanba kuni Uelsda, Nyuport shahrida qo‘lga olindi. U 25 yoshda. Hibs terrorizm haqidagi qonunning 41-moddasiga asosan amalga oshirildi”, — ta’kidladi politsiya vakili.
Xususiy uyda amalga oshirilgan qo‘lga olishda Skotland-Yard aksilterror bo‘linmasi vakillari vakillari ishtirok etdi. Gumonlanuvchi istiqomat qilgan joyda tintuv o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)