Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqara kurdlarga qarshi emasligini bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Biz kurdlarga emas, terrorchi tashkilotga qarshimiz. Kurdlar — bizning do‘stlarimiz”, — ta’kidladi Erdo‘g‘on PBS NewsHour uchun bergan intervyusida.
Shuningdek, Turkiya prezidenti mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
“Yevroittifoq rasmiylari aniq to‘xtamga kelishi lozim — ular bizni qabul qiladimi yoki yo‘qmi? Biz barchasiga tayyormiz”, — dedi Turkiya prezidenti.
Izoh (0)