Anonim ko‘cha rassomi Benksi Campaign Against Arms Trade (Qurol savdosiga qarshi kampaniya) jamoatchilik tashkilotiga 280 ming dollar xayriya qildi, deb yozadi TJournal. Mablag‘ Londondagi badiiy ko‘rgazmada sotilgan Civilian Drone Strike kartinasi pulidan berildi.
Benksining yangi asarida yosh bolaning uyini buzayotgan uchuvchisiz uchar qurilmalar va bunga iti bilan chetdan nazar solayotgan bola tasvirlangan. Kartinani 54 mamlakat rassomlarining 1600 ta eksponati to‘plangan badiiy ko‘rgazmada namoyish etishdi. Qurol savdosiga qarshi kampaniya tadbir tashkilotchilaridan biri sifatida mablag‘ni qo‘lga kiritadi.
Izoh (0)