Turkiya TIV Kyolnda Kurdiston ishchi partiyasi yetakchisi, mahbuslikda saqlanayotgan Abdulloh O‘jalanga bag‘ishlangan miting o‘tkazilishi munosabati bilan Germaniya elchisi Martin Erdmanni chaqirtirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Elchiga Kyolnda o‘tkazilgan tadbirga Turkiya rasmiylarining munosabati yetkazildi.
Turk rasmiylariga ko‘ra, bir necha ming kurd ishtirok etgan tadbirda terrorchilik targ‘iboti olib borilgan.
Garchi Germaniyada KIP ramzlari man etilgan bo‘lsa ham, Kyoln politsiyachilari O‘jalan suratlari va partiya ramzlari tushirilgan plakatlar namoyish etilishiga to‘sqinlik qilmadi.
Izoh (0)