“Rospotrebnadzor” Saudiya Arabistonida xavfli koronavirus tarqalgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Rossiya federal xizmatiga ko‘ra, 13—30-avgust kunlari Saudiyada MERS-CoV koronavirusi bilan bog‘liq 12 ta holat qayd etildi. Buning oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
Koronavirus nafas yo‘llari, asab tizimi va oshqozon-ichak yo‘liga tahdid qilishi va asorati o‘limga olib keladigan pnevmoniyaga aylanishi mumkin.
Izoh (0)