Berlin shahrining Xoenshyonxauzen hududida joylashgan tungi klubda sodir bo‘lgan otishma oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi. Shahar politsiyasi o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozishicha, otishma oqibatida yana uch kishi jarohat olgan, deb xabar berdi “TASS”.
“Kechasi Xoenshyonxauzendagi tungi klubda sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohat oldi”, — deyiladi xabarda.
Hozircha batafsil ma’lumotlar keltirilmagan.
Izoh (0)