Kuba Davlat kengashi va Vazirlar kengashi raisi Raul Kastro amerikalik diplomatlar orol-davlatda o‘tgan yil oxirida duch kelgan “akustik hujumlar”dan tashvish va afsus bildirish uchun AQShning Gavanadagi muvaqqat vakili Jeffri Dilaurentisni shaxsan qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, Raul Kastro Kubaning amerikalik diplomatlar bilan ro‘y bergan holatlarga aloqadorligini inkor etdi.
Gavana Vashingtonga hodisa tafsilotlarini o‘rganish uchun FQB agentlarini jo‘natishni taklif qildi.
Shu tariqa Gavana Vashingtonning hodisaga Kuba rasmiylari aloqadorligi haqidagi da’volariga keskin javob berishdan tiyilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)