O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik kupyura chiqarilishi haqidagi mish-mishlar asossiz. Bu haqda bugun, 14-sentabr kuni Media Hall NAESMI’da O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tashkil etilgan brifingda ma’lum qilindi.
Turli ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik kupyura chiqarilishi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Bu gap-so‘zlar asossiz. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hozircha 100 ming so‘mlik kupyura chiqarishni rejalashtirmayapti. Bunday qaror qabul qilinsa, albatta OAV orqali ma’lumot beriladi.Temur Ishmetov, Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari
Izoh (0)