• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ashurali Xudoynazarov: Agar sarmoyador kiritgan kapitalini o‘z vataniga qaytarib olib ketolmasa, unga bunday hamkorlikdan naf yo‘q

    Valyuta siyosatini liberallashtirish — ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning muhim sharti. Shu ma’noda, bugungi kunda yurtimizda o‘zbek so‘mi barqarorligini mustahkamlashning yangi mexanizmlarini joriy etish qizg‘in muhokama qilinayotgan dolzarb mavzulardan biriga aylandi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

    Foto: “Upost.uz”

    Foto: “Upost.uz”

    Iqtisodiy tadqiqotlar markazi bosh ilmiy xodimi Ashurali Xudoynazarov gazeta muxbiri Dildora Raupova bilan suhbatda mazkur sohadagi o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi.

    — Milliy valyuta mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi, — deydi A. Xudoynazarov. — Iqtisodiyotni isloh etishda asosiy e’tibor tashqi kreditlar va zayomlarni jalb qilishga emas, balki mahalliy ishlab chiqarish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirishga, milliy valyuta — so‘mning barqarorligini ta’minlashga qaratildi. Bunda ichki bozorni o‘zimizning mahsulotlar bilan to‘ldirish orqali so‘mning iste’mol quvvatini mustahkamlash, pul-kredit siyosatining izchilligiga, ichki bozorda iste’mol tovarlari hamda pul mablag‘larining mutanosibligiga erishish diqqat-e’tiborda bo‘ldi.

    Ilgari, 90-yillarning oxirida ko‘p tarmoqli va barqaror iqtisodiyotni shakl-lantirish bo‘yicha belgilab olingan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda biz uchun yangi bo‘lgan sohalarga xorij investitsiyasi zarur edi. Dastlab sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida mashina hamda jihozlar import qiluvchilarga imtiyoz va preferensiyalar joriy etildi. Oltin-valyuta zaxiralaridan manzilli foydalanish kerak edi-da. Shuning uchun ham milliy valyutaning rasmiy kursi ushlab turilardi. Shunday qilib, import tarkibida mashina hamda jihozlar ulushi 40 foizgacha ko‘tarildi, bir-necha o‘n yillar davomida 40 — 45 foiz darajasida saqlanib turdi. Aynan ushbu yondashuv natijasida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda avtomobilsozlik, neft-kimyo, elektrotexnika singari sanoatning butunlay yangi tarmoqlari paydo bo‘ldi. Natijada mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida sanoatning ulushi 32-33 foizni tashkil etayapti. Vaholonki, ayrim ekspertlar davlat muayyan qiyosiy ustuvorlikka ega bo‘lgan sohalarda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi kerak, degan fikrni aytishadi.

    So‘nggi yillarda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi subyektlarni qo‘llab-quvvatlash siyosatidan ko‘zlangan maqsadga erishildi. Qiyosiy ustuvorlik yaratildi, chet el investitsiyasini jalb qilish sur’ati esa turg‘unlashib qoldi. O‘zbekistonda valyuta konvertatsiyasi masalasida bir guruh investor-importyorlar, yirik loyihalar tashabbuskorlarigina imtiyoz hamda preferensiyalardan foydalanayotgandi. Ular aslida o‘sha davrda ustuvor bo‘lgan tarmoqlarni rivojlantirish bilan bog‘liq edi.

    Bugun investorlarning hammasi uchun bir xil sharoit yaratish davri keldi. Agar mamlakatda erkin iqtisodiyot tamoyillari amal qilmasa, sarmoyador kiritgan kapitalini o‘z Vataniga qaytarib olib ketolmasa, unga bunday hamkorlikdan naf yo‘q.

    Valyuta cheklovlari umuman tashqi iqtisodiy faoliyatga, jumladan, eksportni rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Alaloqibat, eksportyorlar chet el valyutasida foyda ko‘rishga ishonmasdan, tushumlarni tijorat banklariga milliy valyutaning rasmiy kursida topshirmaslikka harakat qilishadi. Bunda hisob-fakturalarda narxlarni manipulyatsiyalashtirish orqali turli “sxemalar” o‘ylab topiladi.

    O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatda sobiq ittifoq mamlakatlaridan qolishmaydi. Ammo O‘zbekistonga jalb etilayotgan investitsiyalar hali ham yetarli emas. Prezidentimizning “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinishi bilan chet ellik investorlarga eshiklar keng ochilib, barcha uchun teng imkoniyatlar yaratib berildi.

    Bu — iqtisodiyotda o‘ta muhim qadam. Buning samarasi tufayli yaqin kelajakda yuzlab zamonaviy korxonalar, yangi ishlab chiqarish quvvatlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, ko‘plab ish o‘rinlari tashkil etiladi, raqobat muhiti kuchayadi. Zero, valyuta siyosatini liberallashtirish yangi resurslarni ishga solish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda iqtisodiyotni taraqqiy toptirishning porloq istiqbolini yaratish uchun qulay shart-sharoit demakdir.

    — Yana qanday o‘zgarishlar yuz berishini kutishimiz mumkin?

    — Farmon, eng avvalo, eksportchi korxonalar uchun ulkan imkoniyatlarni beradi. Xususan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tashqi savdo faoliyati barcha ishtirokchisining chet el valyutasidagi tushumini majburiy sotish bo‘yicha talab bekor qilindi. Chet el valyutasida daromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, fermer xo‘jaliklari o‘z bank hisobvaraqlaridagi chet el valyutasini naqd ko‘rinishida olishlari mumkin. Yuridik shaxslar joriy xalqaro operatsiyalar, ya’ni tovar, ish va xizmatlar importi, foyda repatriatsiyasi, kreditlarni qaytarish, xizmat safari xarajatlarini to‘lash hamda savdo xarakteriga ega bo‘lmagan boshqa o‘tkazmalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun tijorat banklaridan chet el valyutasini cheklovsiz sotib olishlari imkoniyati yaratildi. Bu biznes hamjamiyatiga taqdim qilinayotgan qulay omillardan kichik bir misol, xolos.

    Albatta, xorijdan rasmiy kurs bo‘yicha olib kelinadigan mahsulotlarning narxi oshishi ehtimoli yo‘q emas. Chunki dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishi bilan import sarf-xarajatlari ham ortadi. Shu sababli Farmonda iqtisodiyot tarmoqlariga davlat tomonidan moliyaviy yordam berish, soliqqa tortish mexanizmlari va tamoyillarini takomillashtirish, davlat tomonidan vaqtincha subsidiyalar ajratish, bojxona to‘lovlari stavkalarini optimallashtirish singari chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Bularning barchasi salbiy oqibatlarni yumshatishga xizmat qiladi.

    To‘liq mahalliylashtirilgan ishlab chiqarish korxonalari esa eksportni kengaytirishni o‘ylab ko‘radigan vaqt keldi. Chunki eksportchilar so‘mning devalvatsiyasidan yutishadi. Masalan, so‘nggi yillarda mahalliy sement ishlab chiqaruvchilar nafaqat ichki bozorni ushbu qurilish ashyosi bilan to‘liq to‘ldirish, ayni paytda eksport qilish quvvatiga ham ega bo‘ldi. Keyingi 10 yilda mamlakatimizda sement tayyorlash hajmi 3,2 million tonnadan 8,25 million tonnaga ortdi. Dollarning rasmiy kursi so‘nggi yarim yilda oshganiga qaramasdan, sement narxi uzluksiz tushib bordi. Bu ham tashqi bozordan xaridor izlash uchun o‘ziga xos ishora. Maishiy texnika vositalarini ishlab chiqaradigan Artel kompaniyasi Yevropa bozorlarida raqobat qilishga qodir, Akfa kompaniyasi o‘z mahsulotlarini muvaffaqiyatli ravishda eksport qilyapti, o‘zbek avtomobillari esa xorijlik iste’molchilar mehrini qozongani bugun ko‘pchilikka ma’lum. Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.

    — O‘zbekiston dunyo iqtisodiy jarayonlarining faol ishtirokchisi. Valyuta siyosatini liberallashtirish boshqa mamlakatlarda qanday kechgan?

    — Agar jahon tajribasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, shuni qayd etish kerakki, mamlakatlar tomonidan tanlab olingan yo‘llar turfa xil. Valyuta siyosatining davlat tomonidan tartibga solinishi salbiy oqibatlarga olib kelgan yoki ijobiy natijalar keltirgan qator misollar mavjud.

    Bir necha valyuta kurslari birinchi marta oltin monometallizmi va valyuta cheklovlari joriy qilinganidan so‘ng 1929—1933-yillardagi Buyuk tushkunlik davrida qo‘llanilgan.

    Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ko‘plab mamlakatlar — XVJ a’zolari tashkilot ustaviga xilof ravishda ko‘plab valyuta kurslarini amalda qo‘llashgan. Masalan, -Fransiyada o‘nta valyuta kursi amal qilgan. O‘tgan asrning 60-yillari o‘rtalarigacha Turkiyada oshirilgan rasmiy kurs bilan bir qatorda, differensiyallashgan boshqa kurslar ham o‘rnatilgan: import bo‘yicha kurs; mis importi bo‘yicha kurs; uzum va yong‘oq eksporti bo‘yicha kurs; boshqa tovarlarni eksport qilish bo‘yicha kurs.

    Mamlakatlar tomonidan milliy valyutaning kursini muayyan tovarlar yoki operatsiyalar bo‘yicha oshirish ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning importini arzonlashtirish, tashqi qarz bo‘yicha real to‘lovlarni qisqartirish, bir qator tovarlar eksportini cheklash maqsadida qo‘llanilgan.

    Agar mamlakat to‘lov balansining joriy operatsiyalari bo‘yicha valyuta cheklovlarini bekor qilgan bo‘lsa hamda uning boshqa valyutalarga almashuviga xalaqit bermasa, valyuta konvertatsiya qilinadigan valyuta deyiladi. XVJ ustavining o‘sha paytdagi talablari moliyaviy operatsiyalarga qo‘llanilmas edi. Faqatgina 70-yillarning o‘rtalaridan qariyb 20 yil davomida mamlakatlar o‘z valyutalarining moliyaviy operatsiyalarga ham konvertatsiya qilinishiga o‘ta boshlashdi. Bu jarayonda aksariyat davlatlar kursning jadal tushib borishini emas, balki uning barqarorligini ta’minlaydigan yo‘lni tanlashgan.

    Dunyoda valyuta rezervlaridan foydalanishda nafaqat joriy operatsiyalar, balki chet el kapitallari, ya’ni moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha ham nazorat o‘rnatilgan misollar bor.

    Deylik, Osiyo moliyaviy inqirozi davrida Malayziya Bosh vaziri Maxatxir Muhammad 1998-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 7 foiz pasaygach, moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha konvertatsiyani yopdi. Shuning uchun ham vahimaga tushib qolgan sarmoyadorlar o‘z mablag‘larini olib chiqib keta olishmadi. Davlat rahbarining ushbu qarori dunyo hamjamiyati uchun kutilmagan qaror bo‘ldi. Ekspertlar uning eng salbiy oqibatlari haqida bong ura boshlashdi. Emishki, investorlar ushbu mamlakatni butunlay tark etishi mumkin. Ammo vahimali prognozlarga qaramasdan, Malayziyada iqtisodiy pasayish to‘xtadi, mamlakat yalpi ichki mahsuloti kelasi yilning o‘zida 6 foiz o‘sdi. Vaholonki, mintaqadagi davlatlarda, jumladan, Tailand, Janubiy Koreya, Indoneziya, Singapurda iqtisodiy tanazzul hali ham davom etar edi. Oradan ko‘p o‘tmay, ya’ni iqtisodiyot yana o‘sishga chiqqach, Malayziyada chet el kapitali harakatlari ustidan nazorat olib tashlandi. E’tiborlisi, valyuta rezervlari mamlakatdan chiqib ketishi o‘rniga ularning ko‘payishi kuzatildi. Bu siyosiy iroda, xatarli qadam edi. Ammo pirovardida o‘zini oqladi. Natijada Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari Maxatxir Muhammadning qarorini o‘z vaqtida qabul qilingan qaror, deb baholadi.

    Juda ko‘plab mamlakatlarda import o‘rnini bosish siyosati, odatda, valyutaning konvertatsiya qilinishini cheklash siyosati bilan birga olib boriladi. Misol uchun, o‘tgan asrning 60-yillarida Ganada YaIMning jon boshiga real hajmi taxminan 200 dollarni tashkil qilardi. Koreya Respublikasida esa bu ko‘rsatkich 100 dollardan ham oshmasdi. O‘sha paytlarda mazkur mamlakatda faqatgina guruch yetishtirilar edi. Eli Xeksher va Bertil Olin singari Nobel mukofoti sovrindorlari bo‘lgan mashhur iqtisodchilar nazariyasiga ko‘ra, Janubiy Koreya guruch yetishtirishga ixtisoslashtirilishi kerak edi. Televizor, muzlatkich, ayniqsa, avtomobil ishlab chiqarish ular uchun emas edi. Ammo ushbu mamlakat hukumati o‘z valyuta zaxirasini aynan import qilinadigan sanoat mahsulotlarini mahalliylashtirishga hamda ta’lim tizimini rivojlantirish, ya’ni inson kapitalini to‘plashga qaratdi. 80-yillarning oxiriga kelib, Koreya Respublikasining yalpi ichki mahsuloti hajmi aholi jon boshiga qariyb 5000 dollarga yetdi. Ganada esa avvalgidek erkin iqtisodiyot tamoyili amal qilardi. YaIMning ko‘rsatkichi esa, bor-yo‘g‘i, 400 dollarga yetdi. Bugun esa Janubiy Koreyaning yalpi ichki mahsuloti jon boshiga o‘rtacha qariyb 30 ming dollarni tashkil etadi.

    — Mamlakatimizda shu kunga qadar valyuta kursining bir nechta rasmiy va norasmiy kursi amal qilardi. Kurslarni bir xillashtirish nima beradi?

    — Tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalaridagi kursni shakllantirish uchun valyuta bozoridagi real talab hamda taklif asos bo‘lib xizmat qiladi. U banklararo naqdsiz operatsiyalar bo‘yicha kursdan farq qilishi mumkin. Valyuta ayirboshlash shoxobchalaridagi kursga keladigan bo‘lsak, rivojlangan mamlakatlarda u banklararo naqdsiz operatsiyalar bo‘yicha kurs asosida minimal marja bilan o‘rnatiladi. Naqd mablag‘lar ulushi aylanmada qancha ko‘p bo‘lsa, ayirboshlash kursi banklararo kursdan shunchalik farqlanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda kurslar o‘rtasida farq sezilarsiz darajada bo‘lishi uchun naqdsiz hisob-kitoblarga katta e’tibor qaratilmoqda. Valyutaning norasmiy kursi vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketishi kerak. Bunga ob’ektiv sabablar, ya’ni bozor mexanizmlarini joriy etish orqali erishish lozim. Ushbu kurslar o‘rtasida keskin farqlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik juda muhim. Bugungi kunda mazkur farq eng quyi darajaga yetkazildi.

    14.09.2017, 11:21   Izoh (0)   11597
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi: asosiy inflyatsiya omili — nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxining oshishi

    14.09.2017, 10:47

    Konsullik muassasalari interaktiv xizmatlardan foydalanishni kengaytiradi

    14.09.2017, 10:29

    Xo‘jaylida elektrdan asossiz qarzdorlik belgilangan 141 nafar iste’molchining manfaati 1 kunda hal qilindi

    14.09.2017, 10:20

    Endi davlat idoralariga murojaat qilganda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi

    14.09.2017, 10:10

    Sherzodxon Qudratxo‘jayev: 15-sentabrdan boshlab Xalqaro press klub qaytadan jonli efirda uzatiladi

    14.09.2017, 09:36

    Jizzaxda sayyor sud hovlisida giyohvand o‘smlik o‘stirgan fuqaroni bir yilga ozodlikdan mahrum qildi

    14.09.2017, 07:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.