Janubiy Koreyada AQShning THAAD raketaga qarshi tizimlari joylashtirilishi Xitoy manfaatlariga tahdid tug‘diradi. Bu haqda Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Lyu Szei ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Amerikaning THAAD raketa komplekslari mintaqadagi strategik balans va xavfsizlik manfaatlariga jiddiy xavf tug‘diradi. Jumladan, Xitoy uchun ham. Biz Koreya yarim orolida raketa komplekslari joylashtirilishini to‘xtatishga chaqiramiz”, — dedi diplomat.
Janubiy Koreya o‘tgan yil iyunida o‘z hududida KXDR tahdididan himoya uchun AQShning THAAD zenit-raketa komplekslarini joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Quruqlikdagi mazkur tizim ballistik raketalarni tutib qolish uchun mo‘ljallangan.
Izoh (0)